Bu haqda Majburiy ijro byurosi xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, qarzdor korxonaga nisbatan qonun talabi asosida 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan boʻlib, biroq qarzdor katta miqdordagi qarz summalarini qoplamagan.
Shundan soʻng, Byuroning tuman boʻlimi davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilgan. Olmazor tumani, “Qorasaroy“ koʻchasida joylashgan korxonaning manziliga chiqilib, qarzdorga tegishli boʻlgan 105 turdagi uskunalar xatlandi.
Mazkur xatlangan uskunalar vaqtincha saqlash uchun korxonaning bosh hisobchisiga topshirilgan. Davlat va tadbirkorlar foydasiga undirilishi lozim boʻlgan 2,8 mlrd. soʻm miqdoridagi qarz summalarini undirish maqsadida mazkur uskunalarni onlayn auksion savdolariga chiqarish choralari koʻrilib, savdolardan tushgan pul mablagʻlar qarzdorliklar qoplanishiga yoʻnaltiriladi.