28 oktyabr – Xalqaro animatsiya kuni

    Har yili yuzdan ortiq mamlakatda turli uchrashuvlar, festivallar, film taqdimotlari o‘tkaziladi.

    1892 yil 28 oktyabr kuni frantsuz rassomi va ixtirochisi Emil Reyno Parij shahridagi Greven muzeyida harakatlanuvchi suratlar ketma-ketligi – ilk multfilm namunasini tomoshabinlarga namoyish qilgan.

    Mazkur sananing 110 yilligi munosabati bilan 2002 yil 28 oktyabr kuni Xalqaro animatsion filmlar assotsiatsiyasi (ASIFA) tashabbusiga ko‘ra ushbu kun “Xalqaro animatsiya kuni” deb e'lon qilingan.

    Shu bois ushbu sana munosabati bilan har yili yuzdan ortiq mamlakatda turli uchrashuvlar, festivallar, film taqdimotlari o‘tkaziladi.