28-sentyabr kuni baʼzi joylarda chang-toʻzon koʻtarilishi mumkin

    Shu yilning 28-sentyabr kuni Respublika havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

    Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.

    “Oʻzgidromet” xabariga koʻra, ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12°, kunduzi 25-27° boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 20-25° boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° boʻladi.

    Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 22-27° boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° boʻladi.

    Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° boʻladi.

    Togʻli hududlar; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° boʻladi.