Oʻtkazilgan tadbirlar davomida, 2022-yil yanvar oyining 25 kunida Respublika boʻyicha 215 ta holatda ulgurji isteʼmolchilar tomonidan 4 mln 900 ming kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi, deya xabar beradi Energetika vazirligi Matbuot xizmati.
Buning natijasida gaz taʼminoti korxonalari manfaatlariga 5,5 mlrd soʻm zarar yetkazilgan.
Ushbu hajmdagi tabiiy gaz 280 000 ta xonadonning bir kunlik isteʼmolini tashkil etadi.
Aniqlangan barcha holatlar boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.