29-may kuni U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichiga qurʼa tashlanadi

    Sport 15 May 2025 748

    Osiyo futbol konfederatsiyasi 23 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralash bosqichiga qurʼa tashlash sanasi haqida maʼlum qildi.

    Unga koʻra, marosim 29-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida oʻtkaziladi.

    Jamoalar oxirgi 3 ta musobaqadagi koʻrsatkich boʻyicha savatchalarga taqsimlangan. Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi 1-savatchadan oʻrin olgan. Saralash bosqichiga Kambodja, Xitoy, Indoneziya, Iordaniya, Qirgʻiz Respublikasi, Myanma, Qatar, Tojikiston, Tailand, BAA va Vyetnam mezbonlik qiladi.

    Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadigan musobaqaning saralash oʻyinlari 1-9-sentyabr kunlari oʻtkaziladi.