“Oʻzgidromet” 3-5-noyabr kunlari kunlari qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi.

Ushbu haftaning birinchi yarmida yogʻib oʻtgan yomgʻirlar va sovuqdan soʻng, hafta oxiriga kelib, Oʻzbekistonga yana “Oltin kuz” qaytib keldi.

Bugun va dam olish kunlari Oʻzbekistonning barcha hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan oʻrtacha tezlikda esadi.

Harorat kechalari +5...+10 daraja iliq, kunduz kunlari +19...+24 daraja iliq, janubda +25...+27 daraja iliqqacha boʻladi.

Poytaxtimizda: 3-5-noyabr kunlari havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +7...+10 daraja iliq, kunduz kunlari +20...+23 daraja iliq boʻladi.