Keyinchalik aynan 3-avgust sanasida yoʻl-yoʻl tarvuzlarni sotib olish anʼanasi koʻplab mamlakatlarga tarqalgan. Dunyoda ushbu poliz mahsulotining 1,2 mingga yaqin navi bor. Turlarning aksariyati Xitoyda yetishtiriladi. Xitoyda tarvuz X asrga kelib paydo boʻlgan.

Xitoyliklar uni gʻarb qovuni deya nomlashgan. Hozirda har yili sentabr oyida Xitoyda tarvuz bayrami nishonlanadi. Darvoqe, ushbu mamlakat tarvuz eksporti boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinni egallaydi. Yaponlar ushbu mevaning gʻayrioddiy navlari, masalan, toʻrtburchak shaklli, ichi sariq tarvuzlarni yetishtirgan.

Ukrainaning Xerson viloyatida esa tarvuzga bir nechta yodgorlik oʻrnatilgan. Qadimiy Rimda tarvuzni yo tuzlab yeyishgan, yo qaynatib undan asal olishgan ekan. Chindan ham shakardek tilni yorar darajada sershira tarvuz tarkibida A, S, B6 vitaminlari koʻp boʻlib, u shokolad kabi kayfiyatni koʻtarish xususiyatiga ham ega.

Yana bir qiziq maʼlumot, dunyodagi eng yirik tarvuz Amerikada etishtirilgan. Uning vazni 120 kilogramdan iborat boʻlgan va u Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan.