Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.O. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uni Qarshi shahridagi “Turon” nodavlat universitetiga 3 kursdan o'qishga kiritib qo'yishi evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Chirchiq shahar bo'limlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.N. fuqaro S.SH.ni 3 900 AQSh dollari evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o'qishga kiritib qo'yishni va'da qilib, muqaddam 3 500 AQSh dollarini qo'lga kiritib, yana 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.