3 million 244 ming dollarga kovul eksport qilindi

    Biznes 30 Sentabr 2020 6017

    Bir paytlar eʼtibordan chetda boʻlgan va adirlarda, choʻl-biyobonlarda oʻsadigan kovul bugunga kelib ildizidan to bargigacha shifobaxsh ekanligi va unga talab yuqoriligi hech kimga sir emas.

    Aniqrogʻi, yaqin yillargacha shunday xazinadan bexabar boʻlib kelganmiz. Bugungi kunga kelib kovuldan farmatsevtika, oziq-ovqat sanoatida va xalq tabobatida keng foydalanilmoqda.

    Jizzax viloyat hududida hozirgi kunga qadar 12 ta eksportyor korxonalar kovul eksporti bilan shugʻullanib kelmoqda.

    Bunda kovul gulkurtaklari terib kelingach, maxsus mexanizatsiyalashgan uskunalarda saralanadi. Soʻngra yuvilib maxsus idishlarga solinib, eksportga yoʻnaltiriladi.

    Joriy yilning 8 oyi davomida jami 3 million 244 ming dollar qiymatidagi 1 909 tonna kovul “Jizzax” TIF bojxona postida eksportga rasmiylashtirilgan.

    Kovul asosan Gʻallaorol, Zomin va Sharof Rashidov tumanlaridagi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan koʻproq Turkiya va Ispaniyaga eksport qilingan, deb xabar beradi davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati.