3 mingta mahalliy mutaxassis ilgʻor kompaniyalarga malaka oshirishga yuboriladi

    Ularning xarajatlarini davlat qoplab beradi.

    Mahalliylashtirishda faqat tovarlar emas, xizmatlar boʻyicha ham katta imkoniyatlar bor.

    Masalan, energetika sohasida 36 milliard dollarlik 27 gigavatt elektr energiya ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda. Bu kabi obyektlardagi yuqori texnologik uskunalarni ekspluatatsiya qilish va taʼmirlash boʻyicha malakali xizmatlarga talab yildan yilga ortayapti.

    Kimyo, metallurgiya korxonalari, nasos stansiyalari va GESlar, toʻqimachilik va tibbiyotda ham bunday xizmatlarga talab katta.

    Shu bois, bir yil ichida 3 mingta mahalliy mutaxassis Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Turkiyadagi ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga malaka oshirishga yuboriladi. Ularning xarajatlarini davlat qoplab beradi.

    Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yirik korxonalarga servis koʻrsatishda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish dasturini ishlab chiqish topshirildi.