Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston 21 ta xorijiy davlatdan qiymati 189,3 million AQSH dollariga teng boʻlgan 8 508 ta yengil avtomobil import qilgan. 

Birgina mart oyining oʻzida yurtimizga 2 560 ta yengil avtomobil import qilingan.

Shuningdek, Oʻzbekistonga 3 oyda 455 ta elektromobil import qilingan.

Maʼlumot oʻrnida: mart oyida eng koʻp “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlsa, “Lacetti-Gentra” avtomobilini ishlab chiqarish hajmi esa 2,3 barobarga oshgan.