Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shirin shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.A. fuqaro D.A.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida oʻquv kurslariga qatnashmasdan 1 400 AQSH dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytib, oldindan 300 AQSH dollari va 1,2 mln soʻm pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida Navoiy shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Ch.Ya. fuqaro M.J.ga goʻyoki viloyat YHXBda ishlovchi tanishlari orqali “V.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 15 mln soʻm pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departamentning Yangiyoʻl shahar boʻlimi va IIV xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G.T. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro X.M.ga tanishlari orqali oʻquv kurslariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 900 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.