Tadbir davomida Samarqand tumani Turkman qishlogʻida yashovchi 1975-yilda tugʻilgan A.U. Past Dargʻom tumani hokimligi balansida boʻlgan 0,21 gektar bogʻni mahalliy fuqaroga 30 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 15 ming AQSH dollarini ushbu jarayonda faol ishtirok etgan Past Dargʻom tumanida yashovchi, 1964-yilda tugʻilgan T.I. bilan birga olayotgan vaqtda qoʻlga olingan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilishi rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.