20 ming nafar bitiruvchi magistratura va ikkinchi mutaxassislik bilan qamrab olinadi. Yana 20 ming nafar bitiruvchini 10 mingga yaqin korxonadagi staj talab qilmaydigan ish oʻrinlariga joylashtirish mumkin.
Har bir viloyatda biznes-inkubatorlar tashkil qilib, ularda tadbirkorlik startaplari, marketing, dizayn, AT xizmatlari orqali 15-20 ming bitiruvchini band qilish topshirildi.
Kimyo, energetika, geologiya, avtosanoat, metallurgiya, farmatsevtika tarmoqlarida 10 ming muhandis, texnolog, operator, standartlash, sifat nazorati, moliya, iqtisodiyot yoʻnalishi bitiruvchilarini ishga joylash imkoniyati bor.
Shuningdek, toʻqimachilik, charm, elektrotexnika, qurilish materiallari, oziq-ovqat kabi mahalliy sanoat tarmoqlarida 5-7 ming bitiruvchini doimiy ish bilan taʼminlash mumkin.
Mutasaddilarga 6 ming bitiruvchini transport, logistika, yoʻl, qurilish, kommunal sohalar bilan qamrab olish, pedagogika, tibbiyot, ijtimoiy himoya, madaniyat, sanʼat sohalari muassasalari va oʻquv markazlarida 10 ming bitiruvchini ishli qilish topshirildi.
Yana 30 ming bitiruvchiga biznesini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashiladi.









