баннер
29 Mar 2025
03:44

    30 ming gektar yerlar yangi tizim asosida savdoga chiqariladi

    Qoraqalpogʻiston, Jizzax, Toshkent va vodiy viloyatlarida 5,2 ming gektar yerni yaxlit holda savdoga qoʻyib, 49-yilga ijaraga berish boshlandi. Bu yerda tadbirkorlarga oʻzi xohlagan ekinni ekib, bir qismiga saqlash, saralash, qadoqlash quvvatlari qurishiga ham ruxsat berildi.

    Endilikda shu yilning oʻzida yana 30 ming gektar yerlar yangi tizim asosida savdoga chiqariladi.

    Yaqinda “Uzagro-star” xolding kompaniyasi tashkil qilindi. 9 ta bank ushbu xolding tarkibida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 16 ta kompaniya ochdi.

    Bu kompaniyalar har bir viloyatda meva-sabzavotni qayta ishlaydigan agrosanoat kompleksini quradi. Bunga dastlabki bosqichda yana 200 milliard soʻm beriladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech