“Eng avval qovurilgan ovqatlardan voz kechish maqsadga muvofiq. U kartoshka yoki qovurilgan go'sht bo'ladimi, shubhasiz zararli”, — dedi shifokor. Mutaxassisning ta'kidlashicha, qovurilgan ovqatni haftada to'rt martadan ko'proq iste'mol qilish semirish xavfini oshiradi va sog'liq uchun jiddiy asoratlarni keltirib chiqaradi.
Shifokor shuningdek, tarkibida yog' kam bo'lgan sut mahsulotlarini iste'mol qilmaslikni maslahat berdi, chunki u erda yog' ko'p miqdordagi shakar, glyukoza yoki fruktoza siroplari bilan almashtiriladi. Bundan tashqari, gazlangan ichimliklar tarkibida ko'p miqdordagi shakar yoki kantserogen moddalar mavjud. Shu bois, ular bilan bog'liq asosiy xavf — bu saraton, yurak kasalligi, diabet, osteoporoz, Al`tsgeymer va Parkinson, epilepsiya va og'ir hissiy kasalliklar sanaladi.
Mutaxassis tozalangan uglevodlar, margarin va sariyog', qayta ishlangan go'shtdan voz kechishga chaqirdi. Bundan tashqari, 30 yoshdan so'ng kartoshka chipslari va tarkibida natriy, xususan tuz bo'lgan ovqatlarni tark etish lozimligini tavsiya qildi.