300dan ortiq soxta harbiy tavsiyanomalar aniqlandi

    Ta'lim 30 Oktabr 2020 3352

    Bu haqda DTM direktori o'rinbosari Sardor Rajabov AOKAda o'tayotgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

    Joriy yilda harbiy qism qo'mondonligi tavsiyanomasiga ega jami 13107 nafar abiturientning 1828tasi qayta tekshirildi.

    Qayta tekshiruv natijalariga ko'ra, 1828 nafar abiturientdan 1516 nafari tavsiyanomaga ega ekani, 172 nafari safarbarlik chaqiruv rezervida xizmat qilgani, 85 nafari xizmatni o'tamagani va 55 nafari muddatli harbiy xizmatni o'tgan bo'lsa-da, tavsiyanomaga ega emasligi tasdiqlandi.

    Test natijalari tahlil qilinganda, 1615 nafar abiturientdan 128 nafari davlat grantiga, 478 nafari to'lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etildi.