3,1 mlrd soʻmlik 11 ta davlat xaridi qonunchilikka zid tarzda oʻtkazilishining oldi olindi

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan joriy yilning avgust sentyabr oylarida davlat buyurtmachilari tomonidan jami 3,1 mlrd soʻmlik 11 ta davlat xaridida qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.

    Jumladan, quyidagi davlat xaridlarida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgan:

    - Narpay tuman Tibbiyot birlashmasining 673 mln soʻmlik;

    - Shumanay tumani yoʻllardan foydalanish davlat muassasasining 343 mln soʻmlik;

    - Kattaqoʻrgon tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 215 mln soʻmlik;

    - Oltinsoy tumani hokimligining 193 mln soʻmlik;

    - Qumqoʻrgʻon tumani 2-son kasb-hunar maktabining 115 mln soʻmlik;

    - Buxoro Davlat Pedagogika instituti huzuridagi Akademik litseyining 56 mln soʻmlik davlat xaridlari.

    Shuningdek, “Qamchiqavtoyoʻl ixtisoslashtirilgan yoʻllardan foydalanish korxonasi” davlat muassasasi buyurtmachiligida oʻtkazilgan 1,5 mlrd soʻmlik davlat xaridida oʻzaro affillangan shaxslar ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilgan.

    Agentlikning taqdimnomalariga asosan xarid komissiyasining gʻolibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, mazkur davlat xaridlarining qonunga xilof ravishda oʻtkazilishining oldi olindi.

    Oʻrganish va tahlillar jarayonida toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.