31 ta tuman hokimligi maktab taʼmiri uchun mablagʻ ajratmagan

    Qonunchilikda 2022 – 2026 yillarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning asosiy prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlangan.

    Respublika miqyosida 2023 yilda maktab ta’miri uchun ajratilgan mahalliy byudjet mablag‘lari 135 mlrd so‘mni tashkil etgan.


    Qonunchilikda 2022 – 2026 yillarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning asosiy prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlangan.


    Unga ko‘ra, maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash quyidagi mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi:

    ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar;
    Davlat byudjeti mablag‘lari;
    xalqaro moliya institutlarining kreditlari va grantlari.

    Shuningdek, homiylik xayriyalari, xususiy sheriklar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari mablag‘lari hisobidan maktablar qurilib ta’mirlanadi.

    Maktab uchun beg‘araz yordam beruvchilar mablag‘ni ko‘ngilli tarzda muassasa hisob-raqamiga o‘tkazishi mumkin. Ya’ni o‘qituvchi xonani ta’mirlash va yana shunga o‘xshash jarayonlar uchun pul yig‘ishi mumkin emas.


    Quvondiq Almatov tayyorladi.