Yangi qurilgan massiv va mahallalarda hozirning oʻzida 350 ming yangi oʻquvchi oʻrinlariga talab bor.
Soʻnggi yillarda 70 ming oʻrinli 350 ta xususiy maktab tashkil etildi (2018-yilgacha jami 30 ta boʻlgan).
Toshkent shahri va Fargʻonada xususiy maktablar salmogʻi qolgan hududlardan ancha yuqori. Lekin Navoiyda atigi 3 ta, Surxondaryoda 4 ta, Sirdaryoda 7 ta xususiy maktab bor. Yoki, qoʻshimcha 150 ming oʻquv oʻrniga ehtiyoji boʻlgan Samarqandda bor-yoʻgʻi 6 ming 300 oʻrinli 35 ta xususiy maktab ishlayapti.
Hokimlarga ular maktab infratuzilmasini yaxshilash toʻgʻrisida bosh qotirishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Masalan, maktablarni taʼmirlashga bu yil mahalliy byudjetdan 135 milliard soʻm ajratildi. Biroq, 31 ta tuman va shaharda hokimlar ushbu maqsadlar uchun mablagʻ bermagan.