316 million so'm qalbaki pullar yo'q qilindi

    Fuqaro 50 ming so'mlik kupyurani soxtalashtirgan.

    Termiz shahrida yashovchi fuqaro 50 ming so'mlik kupyuradagi jami 316 million so'm pulni soxtalashtirgan. Huquqni muxofaza qiluvchi organlar tomonidan soxta pul yasovchi ushlangan va jinoyat ishlari bo'yicha Termiz shahar sudi tomonidan soxta pullarni yo'q qilish belgilangan.

    MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur ijro hujjati MIB Termiz shahar bo'limi ish yurituviga qabul qilingan. So'ng soxta pullar belgilangan tartibda Termiz tumanidagi maxsus chiqindi poligonida yo'q qilingan.