Qoraqalpogʻistonda 3,4 mlrd soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangan “zapravka” fosh etildi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (oʻgʻrilik juda koʻp miqdorda) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida joylashgan 3,4 mlrd soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangan “D.C.” MCHJga qarashli AGTKSH aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi

    Maʼlum qilinishicha, MCHJ mansabdor shaxslari “avtopilot-pro” rusumli gaz hisobga olish uskunasining qurilmalariga tashqi taʼsir koʻrsatib, 1,9 mln kub metr tabiiy gazni oʻgʻirlagan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (oʻgʻrilik juda koʻp miqdorda) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi.