Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi va Chegara qoʻshinlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir haqidagi axborotda maʼlum qilindi.

Shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilgan vaqtlarida Bekobod shahrida yashovchi, 1980-y.t. ayolning yonida 166 ming AQSH dollari va uning sherigi, 1994-y.t. ayolning yonida esa 190 ming AQSH dollari, jami 356 ming AQSH dollari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Aniqlanishicha, ular tojikistonlik Mahmud ismli shaxsning iltimosiga koʻra xorijiy valyutani Bekobod shahrida nomaʼlum shaxslardan olib, oʻz kiyimlariga yashirgan holda, maʼlum bir xizmat haqi evaziga Tojikiston Respublikasiga olib chiqib ketayotgan boʻlishgan.

Hozirda mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida ushbu valyuta qimmatliklarining haqiqiy egalarining shaxsiga aniqlik kiritish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.