363,2 mln soʻmlik qarz evaziga “BYD” sotiladi

    Avtotransport vositasi onlayn auksion savdolariga chiqarish choralari koʻrilmoqda.

    Fuqarolik ishlari boʻyicha Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor fuqaro M.S.dan undiruvchi AT “Aloqabank” foydasiga 363 mln 231 ming 975 soʻm va davlat foydasiga 12 mln 643 ming 983 soʻm boj undirish toʻgʻrisida ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Olmazor tuman boʻlim ish yurituviga 01.05.2024-yilda kelib tushgan.

    Shu kuni ijro ishi yuritish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Qarzdor fuqaroga undiruvchi bank oldidagi qarz summalarini qoplash uchun 5 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan boʻlsa-da, qarzdor bankka kredit qarzini toʻlamagan.

    Oqibatda Byuroning tuman boʻlimi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorga tegishli boʻlgan “BYD YUAN PLUS FLAGSHIP” avtotransport vositasi boʻlim davlat ijrochisi Q.Xusanov tomonidan xatlanib, undiruvchi bank foydasiga 363,2 mln soʻm miqdoridagi kredit qarzi undiruvi sabab onlayn auksion savdolariga chiqarish choralari koʻrilmoqda.