Andijonda darddan forig‘ bo‘lganlarning 6 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, barchasi ushbu viloyatdan. Bemorlarning hammasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 10 yoshda.

Andijonda shu paytga qadar 126 nafar bemor sog‘aygan.

Namanganda sog‘ayganlarning 14 nafari erkak, 17 nafari ayollar bo‘lib, ularning ham barchasi ushbu viloyatdan. Bemorlarning hammasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 60 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 9 yoshda.

Namanganda shu paytga qadar 137 nafar bemor sog‘aygan.

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1 539 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.