Taʼkidlanishicha, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi, Suv xoʻjaligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirliklari va ularning tizim tashkilotlari oʻrganilganda ularda faoliyat yuritayotgan 398 nafar boshqaruv xodimi 449 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischilik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlangan.
Jumladan, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 93 nafar boshqaruv xodimi 112 ta tadbirkorlik subyektida, Suv xoʻjaligi vazirligining 26 nafar boshqaruv xodimi 35 ta tadbirkorlik subyektida hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining 279 nafar boshqaruv xodimi 302 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischilik asosida faoliyat yuritib kelgan.
Yuqoridagi holatlarini bartaraf etish boʻyicha mazkur vazirliklarga Agentlik tomonidan tegishli taqdimnomalar kiritilib, qayd etilgan qonunbuzilishi holatlariga chek qoʻyildi.