Havo harorati asta-sekin koʻtariladi va 3-dekabrga kelib kunduzi havo +12...+13 daraja iliqqacha isiydi.
4-5-dekabr kunlari respublika hududiga nam va nisbatan sovuq havo kirib kelishi kutilmoqda. Shimoliy hududlardan tashqari, respublika hududi boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin.
Havo harorati +6...+11 daraja iliqqacha pasayadi.
1-5-dekabrda harorat kechalari -3 daraja sovuq— +2 daraja iliq atrofida boʻladi.
Shamol sharqdan birozdan oʻrtacha tezlikgacha esadi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
Toshkentda: 1-3-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 4-5-dekabrda vaqti-vaqti bilan jadalligi asosan biroz boʻlgan yomgʻir yogʻadi. Harorat kechalari 0...+5 daraja iliq boʻladi, kunduz kunlari 1-3-dekabrda +13...+15 daraja iliqqacha koʻtariladi, 4-5-dekabrda +8...+11 daraja boʻladi.








