баннер
25 Apr 2025
15:55

    4 dona noqonuniy ovlangan baliq qimmatga tushdi

    Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi inspektorlari tomonidan Sardoba tumani hududida noqonuniy baliq ovining oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari oʻtkazildi.

    Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, oʻtkazilgan tadbirda fuqaro U. X tuman hududidan oqib oʻtgan kanaldan hech qanday ruxsatnomasiz, noqonuniy ravishda oziga tegishli boʻlgan baliq ovlash uchun moʻljallangan garpun yordamida 4 dona baliqlarni ovlagan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Sodir etilgan huquqbuzarlik yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtK ning 90-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, 7 million 500 ming soʻm jarima qoʻllanildi. Hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar 5 million 250 ming soʻm hisoblandi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech