4 mingdan ortiq mahallada ixtisoslashuv darajasi pastligi tanqid qilindi

    Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va Gʻijduvon tajribalari oʻzini oqlaganini hisobga olib, ularga yangi surʼat bagʻishlash zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

    Jumladan, hali 4 ming 122 ta mahallada ixtisoslashuv darajasi pastligi qayd etildi.

    Joriy yil yakunigacha “Sayxunobod tajribasi”, yaʼni iqtisodiy kompleks tashkilotlarining mahallaga tushib, xonadonbay ishlash tizimi asosida har bir mahalladagi xonadonlar uchun moliyaviy paket qilib berilishi belgilandi. Bu orqali 495 ming aholi bandligini taʼminlash mumkin boʻladi.

    Mutasaddilarga ikkinchi yarim yillikda “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi qamrovini 1,5 barobar oshirib, 4 trillion soʻm ajratish topshirildi.

    Yil yakunigacha kamida 50 ta yangi mikro-moliyalash tashkilotini ochib, ularni kreditlashga 1 trillion soʻm resurs berish vazifasi qoʻyildi.