4 oyda 514,8 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan — Statistika agentligi

    2024-yilning yanvar-aprel oylarida xorijga qiymati 298,5 mln dollarga teng boʻlgan 514,8 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilindi.

    Statistika agentligi xabariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 43,3 foizga yoki 155,6 ming tonnaga koʻpaygan.

    Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (26,3 foiz), Pokiston (24,2 foiz), Qozogʻiston (13 foiz) va Xitoy (9,3 foiz) davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

    2024-yilning yanvar-aprel oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 3,5 foizini tashkil etgan.