“Oʻzgidromet” agentligining xabar berishicha, shu yilning 20-22-iyun kunlari kutilayotgan yomgʻirlar yogʻishi sababli respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida.

Jumladan:

Toshkent viloyati:

  • Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati:

  • Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;

Fargʻona viloyati:

  • Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati:

  • Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Respublikaning ayrim hududlarida yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin, — deyiladi xabarda.