BMT Bosh Assambleyasining 2006-yil 13-dekabrda qabul qilingan rezolyutsiyasida Brayl alifbosi koʻz ojizlar va zaif koʻruvchilar uchun asosiy yozma muloqot vositasi ekanligi qayd etilgan.
Mazkur xalqaro kun Brayl alifbosining koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida savod chiqarish, taʼlim olish, maʼrifiy savodxonlikni oshirishdagi ahamiyatini xalqaro miqyosda eʼtirof etish, bu yozuvda oʻquv, ilmiy, siyosiy va badiiy adabiyotlarni nashr qilishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida nishonlanadi.
Ayni paytda mamlakatimizda ham Brayl alifbosida turli nashrlar, jumladan huquqiy adabiyotlar (https://lex.uz/docs/3910813) chop etilmoqda.








