Bojxona xodimlari tomonidan oʻtkazilayotgan tezkor tadbirlar natijasida sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyilmoqda.
Toshkent viloyati bojxona boshkarmasi Kontrabandaga karshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari Toshkent shahar, Olmazor tumani xududida tezkor tadbir oʻtkazishdi.
Tadbir davomida, fuqaro S.J. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib, oʻrnatilgan tartibda koʻzdan kechirildi.
Natijada, mazkur avtomashinada fuqaro D.B. xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari boʻlmagan, umumiy kiymati 40 million soʻmlik 36 500 dona konvalyutadagi “Valeriana” nomli dori vositalarini shartli xaridorga 3400 AQSH dollari evaziga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.