GSK kompaniyasi siydik yoʻllari infeksiyalarini davolash uchun moʻljallangan gepotidatsin antibiotikini savdoga chiqarishga yaqin. Hozirgi antibiotiklar bu kasallikka qarshi samarasiz, deb xabar berdi Daily Mail nashri.
Oʻn yildan koʻproq vaqt davomida ishlab chiqilgan gepotidatsin agar tasdiqlansa, deyarli 40 yil ichida yaratilgan birinchi antibiotik boʻladi.
Siydik chiqarish yoʻllari infeksiyasining belgilari odatdagidan koʻra tez-tez hojatxonaga borganda keskin ogʻriq va siydik pufagi boʻsh boʻlganida hojatxonaga borish kerakligini his qilishni oʻz ichiga oladi. Koʻpincha infeksiya ayollarda rivojlanadi va zamonaviy antibiotiklar unga qarshi samarasiz.
Gepotidatsin boshqa bir qator kasalliklarni, jumladan, antibiotiklarga oʻta chidamli infeksiyalardan biri hisoblangan gonoreyani davolash uchun ham ishlatilishi kutilmoqda.
Dorini ishlab chiqaruvchi GSK farmatsevtika kompaniyasi 2023-yil bahorida uni savdoga chiqarish uchun ruxsatnoma olishni rejalashtirmoqda.