Strategik fikrlash, yuqori malaka, tashabbuskorlik, oʻzgarishlarga ochiqlik va keng dunyoqarash. Muvaffaqiyatli boshqaruvchilarni ushbu sifatlar bilan taʼriflash mumkin.
Oʻtgan yili “Yuksalish” umummilliy harakati Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda har yili 40 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekistonning istiqbolli yosh rahbar kadrlari reytingini tuzgan edi. Va respublikaning progressiv boshqaruv kadrlari Top-35 roʻyxati shakllantirilgandi.
Joriy yilda ekspertlar tomonidan 100 nafar nomzodlar orasidan (oʻtgan yili 60 nafar) yangilangan roʻyxat shakllantirildi. Bu gal ular orasidan 40 nafar nomzod tanlandi. Bunda nomzodlarning yoshi, maʼlumoti, kasb yoʻli, jamoatchilik orasida tanilganlik, ularning islohotlar jarayonida ishtirok etish va taʼsir darajasi inobatga olindi.
Yangi reytingga birinchi marta kiritilganlar:
· Agzam Ikramov, Davlat statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari;
· Akmalxon Ortikov, iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari;
· Bekzot Mavlonov, Prezident administratsiyasining Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari;
· Bobur Abdinazarov, iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari;
· Botir Zohidov, Markaziy bank raisi birinchi oʻrinbosari — Boshqaruv raisi;
· Diana Bayzakova, Xalqaro arbitraj markazi direktori;
· Dilshod Saidjanov, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari;
· Dilnozaxon Kattaxanova, Yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari;
· Jamshid Urunov, Biznes-ombudsman oʻrinbosari;
· Ilxom Norkulov, iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari;
· Oleg Pekos, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari;
· Olimjon Toʻychiyev, innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari
· Otabek Hasanov, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari;
· Rustam Karimjonov, xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari;
· Sardor Kariyev, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori;
· Tursunboy Maxkamov, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori birinchi oʻrinbosari;
· Usman Sharifxadjayev, xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari;
· Xilola Umarova, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori;
· Farxod Ibragimov, Toshkentdagi IT-park direktori;
· Xudayor Meliyev, adliya vaziri oʻrinbosari;
· Shodiyor Mamatqulov, maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari.
“Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati