400 million soʻmlik “svet” va gaz oʻgʻirlaganlar qoʻlga tushdi

    Namangandagi novvoyxonalarning biri tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulanib, 299,6 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani fosh qilindi.

    Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti deb xabar berdi.

    Shu kabi yana bir holat, departamentning Ohangaron tumani boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham aniqlangan.

    Unga koʻra, “M.O.” fermer xoʻjaligi rahbari M.B. tijorat maqsadida suv nasosini elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 109,8 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

    Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.