“Baxt jaloyir” tikuvchilik korxonasi ishga tushirilishi natijasida 400 nafar ishsiz fuqarolar, jumladan, xotin-qizlar ish bilan taʼminlandi. Endilikda ular oʻz mehnatlari bilan oilalari moddiy farovonligini taʼminlash, turmush darajasini oshirish imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Tadbirda tuman hokimi F.Umarov hamda keng jamoatchilik, mahalla ahli ishtirok etdi. Tadbir munosabati bilan yozilgan bayram dasturxoniga Navroʻzi olam ayyomining shoh taomlaridan sumalak, xalisa, koʻksomsalar tortildi.