Ayni paytda tabiiy gaz, elektr energiyasi ta'minotida yetishmovchilikni bartaraf etish maqsadida aholining ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlarini qo'llab-quvvatlash choralari ko'rilmoqda. 120 tonna ko'mir olinib, tuman hududidagi 53 ta mahallalarda 400 nafardan ortiq xonadonlarga mahalla fuqarolar yig'inlari orqali tarqatiladi.
Aholiga energiya resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish lozimligi tushuntirildi, bu orqali elektr, gaz yetmayotgan hududlarga resurslarni ko'proq ta'minlash imkoniyati tug'ilishi ta'kidlandi.
Tuman bo'ylab ko'mir mahsulotlari tarqatish ishlari davom etmoqda.