Tadbirda, Kadastr agentligi Qoʻrgʻontepa tuman boʻlimi mutaxassisi B.O. Qoʻrgʻontepa tuman hokimining qaroriga asosan tumanning “Yortiboshi” mahallasi hududidan fuqaro M.A.ga issiqxona tashkil etish uchun ajratilgan 0,10 gektar yer maydoniga mansabdor tanishishlari orqali noqonuniy ravishda uy-joy qurish uchun ruxsat olib berishni vaʼda qilib, pora tariqasida 4 000 AQSH dollari berishini soʻrab, soʻralgan pullardan 3 200 AQSH dollarini ariza muallifidan firibgarlik yoʻli bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻrgʻontepa tumani prokuraturasi tomonidan A.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi va 25,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.