«Biz bugun ishga tushirayotgan barcha loyihalar iqtisodiy oʻsishni taʼminlab, kelajak avlodlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Bunday jadal harakatlarimiz va tashabbuslarimiz bilan biz yangicha modeldagi zamonaviy energetika tizimini, albatta, toʻliq barpo etamiz.
Mazkur loyihalarda faol ishtirok etayotgan energetika sohasi vakillariga, barcha ishchilar, muhandislar va xorijlik hamkorlarimizga yana bir bor samimiy minnatdorchilik bildiraman», – dedi davlatimiz rahbari nutqining yakunida.
Marosimda hamkor mamlakatlar energetika vazirlari va kompaniyalar rahbarlari soʻzga chiqdi.
Oʻzbekiston Prezidenti ramziy dastakni bosib, 42 ta energetika obyektini ishga tushirdi va 21 ta yangi loyiha qurilishini boshlab berdi.









