446 ta oilaviy mehmon uylari davlat ro'yxatidan o'tdi.

    Turizm 3 Fevral 2021 4451

    Mamlakatimizda turizmning yangi tur va yo'nalishlari shakllanmoqda.

    Buni bugungi kunda Toshkent viloyati misolida ham yaqqol kuzatish mumkin. Toshkent viloyati boshqa hududlardan oʻzining yuksak turizm salohiyati, zamonaviy infratuzilmasi bilan ajralib turadi.

    Togʻlar, daryo va koʻllarga ega ekani, poytaxt Toshkent shahriga yaqinligi soha istiqbolining asosiy omillaridan biri sanaladi. Shu bois viloyatdan qishin-yozin mahalliy va xorijiy mehmonlarning qadami uzilmaydi. Pirovardida hududda oilaviy mehmon uylari keng rivoj topib, ular soni yil sayin ortib bormoqda .

    Bunda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-avgustdagi “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori huquqiy asos boʻlmoqda. Qisqa muddat ichida viloyatda mingga yaqin oilaviy mehmon uylari davlat roʻyxatidan oʻtdi.

    Oilaviy mehmon uylari tashkil etilishi natijasida koʻplar oʻz uyida tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish, roʻzgʻorini tebratish, shu bilan birga bandlikni taʼminlash va turizm rivojiga hissa qoʻshish imkoniga ega boʻlmoqda.

    2020-yilda viloyatda 446 ta oilaviy mehmon uylari Davlat xizmatlari markazida roʻyxatdan oʻtdi.

    Musajon Karimov,

    Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boʻlim boshligʻi