Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulungʻur tuman boʻlimi, DXXning Navoiy viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Bulungʻur tumani hududidan oʻtuvchi M-38 avtomobil yoʻlining “Yuqori nuqta” YPX maskanida “Samarqand-Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotgan “Cobalt” rusumli avtomashina yoʻlovchisi M.R.ning yonida ogʻirligi 463,94 gramm boʻlgan lotin aniqlandi.
M.R. oltinlar fuqaro R.T. tomonidan Toshkent shaharida oʻtkazish uchun berib yuborilganini maʼlum qildi. Bahosi 368 mln soʻmlik 2 dona sof quyma oltin boʻlagi ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.