Amaldagi tartiblarga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda doimiy yashash joyiga ega boʻlgan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga 100 million soʻm ekvivalentiga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda naqd xorijiy valyutani yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatgan holda erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi.
Kuni kecha, Oʻzbekiston Respublikasidan qoʻshni davlatga oʻtish uchun “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postiga piyoda holda yashil yoʻlak orqali kirib kelgan fuqaro qoʻl yuklari bojxona koʻzdan kechiruvidan oʻtkazilganida, qoʻl sumkasi ichidan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan va ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan 48 200 AQSH dollari naqd xorijiy valyutasini noqonuniy ravishda olib oʻtayotganligi aniqlandi.
Hozirda bojxona organlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.