“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati xabar berishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, neft-gaz tarmogʻini moliyaviy sogʻlomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev tomonidan yana bir qaror qabul qilindi. Mazkur qaror oʻzida Fermerlarga yoqilgʻi tarqatish shoxobchalarni yana optimallashtirish, ularni tadbirkorlik subyektlariga auksion savdolari orqali sotish, shartnoma asosida ijaraga berish va faoliyatini davom ettirish choralari koʻrish, yaʼni, mustaqil baholovchi tashkilotni jalb qilgan holda baholatish va ekspertiza masalalarini oʻz ichida qamrab olgan.

Unga koʻra, “Oʻzbekneftgaz” AJ tarkibidagi neft mahsulotlarini saqlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga tegishli 482 ta fermer xoʻjaliklariga yoqilgʻi tarqatish shoxobchalarni (FYOTSH) xususiy mulkka sotish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Boshqaruv raisining ushbu qarorga kelishiga quyidagi omillar sabab boʻldi:

Birinchidan, FYOTSHlar xizmat koʻrsatayotgan hududlarning aksariyatida Klasterlar tashkil etilgan boʻlib, ular yoqilgʻi moylash mahsulotlari bilan oʻz-oʻzlarini taʼminlash tizimiga oʻtkazilganligi va natijada ushbu hududlardagi FYOTSHlar faoliyatiga ehtiyoj qolmagan.

Ikkinchidan, ehtiyoj yoʻqligidan ishlamayotgan FYOTSHlarning bino-inshootlarining eskirishi, nurashi, sigʻim va texnologik quvurlarda mahsulot boʻlmaganligi sababli ularning korroziyaga uchrashi, boʻsh turgan obyektlarga nisbatan oshirilgan soliq toʻlovi natijasida toʻlovchanlik qobliyatining pasayish ehtimolini paydo qilmoqda.

Kuni kecha ushbu qaror “Oʻzbekneftgaz” AJning tegishli departamentlari boshliqlari hamda neft mahsulotlarini saqlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida muhokama qilinib, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar va tushunchalar berildi.

Fermerlarga yoqilgʻi tarqatish shohobchalarini sotishni yana-da jadallashtirish maqsadida joriy yilning 24-martida “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisini tomonidan qabul qilingan qarorga koʻra, FYOTSHlarni savdoga qoʻyish narxini qadam-baqadam pasaytirish mexanizmini qoʻllash boʻyicha komissiya tashkil etiladi. Savdoga qoʻyish ishlari ushbu Komissiyaning qaroriga asosan amalga oshiriladi. Ushbu komissiya tomonidan dastlab qoʻyilgan narxni har savdoda 10 foizdan tushirib borilib, 50 foizgacha pasaytirilgan, lekin ommaviy savdolarda sotilmay qolgan hollarda FYOTSHlardan kelrysida samarali foydalanish boʻyicha (demontaj yoki konservatsiya qilish) tegishli takliflar kiritadi.