Tibbiyot oliy taʼlim tashkilotlarining viloyat tibbiyot muassasalari, oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda klinik bazalari tashkil qilinadi va ularning bitiruvchi kurs talabalari ushbu klinik bazalarda oʻquv amaliyotini oʻtaydi;

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlarida oilaviy shifokorlar yordamchilarini tayyorlash tizimi joriy qilinadi. Bunda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari va takliflariga asosan texnikumlar va kollejlarda oilaviy shifokorlar yordamchilarini tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini joriy qiladi;

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlari oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga biriktiriladi, ularning oʻquvchilari ixtisosligidan kelib chiqib ushbu muassasalarda amaliyot oʻtaydi.