Hukumatning “Yoshlarni IT sohasiga jalb qilish, ularning raqamli bilim va koʻnikmalarini oshirish orqali yuqori daromadli kasblarga yoʻnaltirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (849-son, 31.12.2025-y.)da bu haqda belgilandi.
Qarorga koʻra, har yili mazkur loyiha doirasida eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarni taqdirlash boʻyicha milliy tanlov oʻtkazib boriladi.
Bunda tanlov gʻoliblari pul mukofotlari va qimmatbaho sovgʻalar, jumladan:
- 100 nafar oʻqituvchi 1 000 AQSH dollari ekvivalentida pul mukofoti;
- 10 nafar oʻqituvchi xorijiy sayohatga yoʻllanma;
- 500 nafar yoshlar noutbuk;
- 500 nafar yoshlar qimmatbaho sovgʻalar;
- 3 ta oliy taʼlim tashkiloti pul mukofoti;
- 2 ta umumtaʼlim maktabi “Prezident sovgʻasi” – elektromobil bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida yoshlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
- raqamlashtirish sohasida zamonaviy kasblarga, jumladan, IT-loyiha boshqaruvchisi, startap loyihasi boshqaruvchisi hamda xorijiy tillarga bepul oʻqish;
- xalqaro professional darajadagi IT-sertifikatlarni olish boʻyicha oʻquv kurslarida bepul taʼlim olish.