5 nafar yoshga yangi uy kalitlari topshirildi

    Davlatimiz rahbari topshirig'i, hukumat qaroriga ko'ra chin yetim yoki ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga turar joylar berish amaliyoti boshlandi. Bunday toifadagi yoshlarga 18 yoshga to'lganida ko'p kvartirali uylardan bir xonali, agarda oila qurgan bo'lsa, ikki xonali kvartira ajratish ko'zda tutilgan.

    Kecha Xonqa tumanida shunday yoshlardan besh nafariga yangi kvartira egasi haqidagi order va xonadon kalitlari tantanali ravishda topshirildi.

    “Har kim o'z shaxsiy uyi bo'lishini xohlaydi. Bolalar uyida tarbiyalangan vaqtimizda buni orzu qilardik. Orzularimizni amalga oshirgan Prezidentimizga mingdan-ming rahmat! Bu otalarcha mehrni Vatanimizga xizmatimiz bilan qaytaramiz!”

    Ushbu minnatdorlik so'zlarini yangi xonadon egalari bo'lgan har bir yosh ko'zida quvonch yoshi bilan aytdi.

    Ro'zimboy Hasan,

    “Yangi O'zbekiston” muxbiri.