Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.I.” MCHJ rahbari D.B. va tuman Xalq taʼlimi boʻlimi qurilish boʻyicha yetakchi mutaxassisi S.T.lar tumandagi 5 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarida amalga oshirilgan joriy taʼmirlash ishlari boʻyicha hisob-fakturalarga amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali 321,6 mln soʻm byudjet mablagʻini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.