Yallama chegara bojxona posti orqali qoʻshni mamlakatga oʻtish uchun harakatlangan fuqaroning qoʻl yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda, ruxsat beruvchi xujjatlari boʻlmagan dunyo yozuvchilari tomondan yozilgan, 1967-1972-yilari chop etilgan, jami 73 dona har hil nomli madaniy boyliklar turkumiga kiradigan badiiy adabiyotlar borligi aniqlandi.
Ekspertiza xulosasiga koʻra, mazkur kitoblar respublikamiz hududidan olib chiqilishi taqiqlangan madaniy boyliklar sirasiga kirishi belgilandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.