5,2 million dollarlik bolalar oʻyinchoqlari eksport qilindi

    Biznes 6 Oktabr 2020 1607

    Respublikamiz bojxonachilari yil boshidan buyon Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan 5 million 229 ming dollar qiymatidagi bolalar oʻyinchoqlarini eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 10 foizga koʻp demakdir.

    Joriy yilda oʻyinchoqlarning Ozarbayjonga eksporti 9 barobarga, Tojikistonga eksporti 1,8 barobarga, Qozogʻistonga eksporti 1,7 barobarga oshgan.

    Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan bolalar oʻyinchoqlarini bu yil ilk bora Afgʻoniston, Moldova va Isroil mamlakatlari xarid qila boshladi.

    Oʻzbekistondan oʻyinchoqlar eksport qilingan davlatlar soni 12 tani tashkil etib, ular qatorida AQSH, Fransiya, Rossiya, Belarus, Gruziya, Qirgʻiziston kabi davlatlar ham bor, deb xabar beradi Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati.